MYU Maguayr bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
07 aprel 505 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” klubning asosiy himoyachisi Harri Maguayr bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, 33 yoshli ingliz futbolchisi “qizil iblislar” safida 2027 yilning yoziga qadar to‘p tepadi. Shuningdek, bitimda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.
“Manchester Yunayted” safida o‘ynash – katta sharaf. Bu mas’uliyat meni va oilamni har kuni faxrlantiradi. Bu klubda faoliyatimni davom ettirayotganimdan xursandman”, deydi futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, Harri MYU safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan va shu vaqtga qadar jamoa tarkibida 266 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol kiritgan va 7 bor jamoadoshlariga golli uzatma bergan. Qolaversa, ushbu vaqt ichida u jamoasi bilan Angliya kubogi va Angliya Liga kubogida g‘olib bo‘lgan.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi