Muzaffar Komilov Prezidentga diniy-ma’rifiy maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
10 iyul 3709 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Muzaffar Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Muzaffar Murodovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Muzaffar Komilov 2018 yilga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida ishlagan. 2018 yil 18 aprelidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan va bu lavozimdan 2022 yil 2 fevralida ozod qilinib, Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga qo‘yilgan. Ushbu lavozim bilan birga Muzaffar Komilov 2021 yil 25 maydan boshlab 2023 yil 30 sentyabrga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ish olib borgan. 2024 yilning dekabrida u Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, yana O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan. Ushbu oliygoh 2025 yil aprelida Xalqaro islomshunoslik akademiyasi deb qayta nomlangan.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul