Prezidentning din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
16 mart 6747 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Muzaffar Komilov Murodovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Komilov yangi ishga o‘tishi munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Muzaffar Komilov 2018 yil 18 apreldan 2022 yilga qadar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2022 yil fevraldan joriy yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlagan.
Keyinchalik, Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan.
U muqaddam Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi