Mundialning favoritlar reytingi o‘zgardi

Sport

image

“Opta” analitika kompaniyasining superkompyuteri Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan so‘ng turnirning asosiy favoritlari reytingini yangiladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar qilindi.

Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasini Jahon chempionatining asosiy favoriti deb baholamoqda. Fransuzlar 10 ming marta o‘tkazilgan turnir simulyatsiyasining 15,73 foizida chempion bo‘lgan.

Turnir boshlanishidan oldin “Opta” Ispaniyani asosiy favorit sifatida ko‘rsatgan edi – uning chempionlik ehtimoli 16,1 foiz deb baholangan. Biroq hozirda ispanlar 12,08 foiz ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi.

Angliya terma jamoasi chempionlik uchun 12,33 foiz ehtimol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Amaldagi jahon chempioni Argentinaning kubokni qo‘lga kiritish imkoniyati esa 12,28 foizga teng.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichining birinchi turida Fransiya Senegalni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Angliya esa Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing