Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 8 sentyabr kuni soat 16:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning sudi davom ettirildi. Bu haqda “Azon Global” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, sudda qatnashish uchun qator jamoatchilik vakillari, jurnalistlar hamda Mubashshir Ahmadning yaqin qarindoshlari sud binosi oldida yig‘ilgan. Sudga kirayotganlardan ovoz yozish, tasvirga olish uskunalari hamda qo‘l telefonlarini topshirish so‘ralgan.  

Qayd etish joiz, joriy yilning 19 avgust kuni sud ishi guvohlar kelmagani sababli 8 sentyabrga qoldirilgandi. Shunga qaramay, ikkinchi sud majlisida qatnashgan guvohlar ham qo‘yilayotgan ayblovlar uchun yetarlicha dalil keltira olmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shu bois ham Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar sirasidan “millatlararo nizo qo‘zg‘atish” ayblovi olib tashlangan. O‘z navbatida guvohlardan birining da’vosi ham bekor qilingan.

“Afsuski sud majlisi yana qoldirilib, 15 sentyabrda davom ettiriladigan bo‘ldi. Bunga ustozni so‘roq qilishga  vaqt yetmagani sabab qilib ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida Alisher Tursunov Istanbulning Bohchashehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda Tursunov Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Alisher Tursunovni Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinganini rasman tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad Alisher Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing