Muhammad Sinvarning jasadi tunneldan topildi
Olam
−
09 iyun 38723 2 daqiqa
HAMAS harakatining G‘azo sektoridagi yetakchisi Muhammad Sinvarning jasadi Xon-Yunus shahrida joylashgan shifoxona ostidagi yerosti tunnelidan topildi. Bu haqda SAXAL xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 8 iyun kuni jasadning identifikatsiyasi yakunlangan va u to‘laqonli Muhammad Sinvarniki ekani tasdiqlangan.
Qolaversa, Isroil 7 iyun kuni birinchi marotaba Sinvar jasadi chiqarilgan yerosti inshootlarining videokadrlari bilan bo‘lishgan. U yerda HAMAS qo‘mondonlari o‘z harbiy amaliyotlarini boshqargan markaz, qurol-yarog‘, hujjatlar va razvedka ma’lumotlari topilgan.
Isroil tomonining qayd etishicha, shifoxona ostida topilgan ushbu tunnel HAMAS tomonidan qazilgan bo‘lib, shifoxona muntazam ravishda harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan.
Shu tunneldan HAMAS harakatining Rafah brigadasi qo‘mondoni Muhammad Sabanehning jasadi ham topilgan. Har ikki jasad bilan birga qurollar, razvedkaga oid hujjatlar va shaxsiy buyumlar aniqlangan. Tunneldan topilgan boshqa jasadlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Muhammad Sinvar – HAMAS siyosiy byurosining sobiq rahbari Yahyo Sinvarning ukasi edi. Yahyo Sinvar 2024 yil oktyabr oyida G‘azoda o‘ldirilgan. U avvalroq, 2024 yil avgustda HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib tayinlangan edi. Undan oldingi rahbar – Ismoil Honiya esa Tehronda o‘ldirilgan.
Muhammad Sinvar ham akasi singari HAMAS saflariga yoshligida qo‘shilgan va Isroil maxsus xizmatlari tomonidan bir necha marotaba nishonga olingan, ammo avvalgi urinishlar samarasiz bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu joriy yilning 28 may kuni mamlakat parlamentida so‘zlagan nutqida HAMAS harakatining G‘azo sektoridagi yetakchisi Muhammad Sinvar o‘ldirilganini ma’lum qilgandi. Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil 13 may kuni Xon-Yunusdagi tunnelga havo hujumi uyushtirgan va oqibatda HAMAS yetakchisi Sinvar halok bo‘lgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr