Montanadagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
02 avgust 2025 2925 1 daqiqa
Kecha, 1 avgust kuni AQSHning Montana shtati Anakonda shahridagi barda sodir bo‘lgan otishmada 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Shtat politsiyasining ma’lum qilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:30da sodir bo‘lgan. Barda Maykl Pol Braun tomonidan o‘t ochilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u hali qo‘lga olinmagan.
Montana gubernatori Greg Janforte X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borayotganini yozdi. Shuningdek, u barcha jabrlanganlar va hozirda voqea joyida bo‘lgan politsiya xodimlari uchun duo qilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahridagi osmono‘par binolardan birida erkak otishma sodir etgandi. Oqibatda kamida besh kishi, jumladan, bir nafar ayol politsiyachi halok bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025