Moldova parlamenti xodimi davlatga xiyonatda ayblanib, hibsga olindi 

Olam

image

Moldova parlamenti xodimi Ion Kryange davlatga xiyonatda ayblanib, hibsga olindi va lavozimidan chetlatildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

“Kechagi tintuvlardan so‘ng hibsga olingan parlamentning yuridik bo‘limi rahbari Ion Kryange lavozimidan chetlatildi”, deyiladi xabarda. 

Kecha, 31 avgust kuni Axborot va xavfsizlik xizmati va Uyushgan jinoyatlarga qarshi prokuratura xodimlari davlatga xiyonat bo‘yicha tergov doirasida parlament va aeroportda tintuv o‘tkazdi. Tergov natijalariga ko‘ra, Kryange va chegara politsiyasi xodimi 72 soatga hibsga olingan, ular Rossiya elchixonasi xodimi bilan uchrashib, unga ma’lumot uzatganlikda gumon qilinmoqda.
Avvalroq Moldova chegara politsiyasi ushbu ish bo‘yicha o‘z xodimining Kishinyov xalqaro aeroportida hibsga olinganligini tasdiqlagan edi. 

“Jinoiy tergov boshlanganidan beri chegara politsiyasi vakolatli organlar bilan hamkorlik qilib va tergov jarayonida ularga barcha zaruriy yordamni ko‘rsatib, kerakli ma’lumot va resurslardan osonlik bilan foydalanishini ta’minlamoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Kryange 1992 yildan beri parlamentda ishlaydi. U 1999 yildan Moldova Konstitutsiyaviy sudida parlament vakili hisoblanadi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Moldova parlament Ion Kryange

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing