MMA bo‘yicha 15 yoshli jahon chempioni vafot etdi
Sport
−
12 yanvar 3942 1 daqiqa
Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha jahon chempioni, 15 yoshli tojikistonlik sportchi Muhammadali Sadullayev Tojikistonda bir guruh o‘smirlar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakat Aralash jang san’ati federatsiyasi jurnalistlarga ma’lum qildi.
Federatsiya xabariga ko‘ra, fojia bugun, 12 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mojaro aynan qayerda yuz bergani aniqlashtirilmagan.
Hozircha Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Ma’lumot uchun, Muhammadali Sadullayev 2024 yilda o‘z yosh toifasida MMA bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2025 yilda aralash jang san’ati bo‘yicha Tojikiston chempioni bo‘lgan.
Sportchining jasadi uning ona shahri — Kӯlobga olib borilgan bo‘lib, dafn marosimi bugun, 12 yanvar kuni kechqurun o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi