“Miyam o‘chib qoldi”. Toshkentlik “GTA qahramoni” holatga izoh berdi (video)
3-sahifa
−
12 iyun 17184 2 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrida Cobalt haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organlari xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagani, oqibatda u qurol bilan to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat bo‘yicha hadovchining o‘zi izoh berib, nima uchun bunday qilganini bilmasligini aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 11 iyun kuni taxminan soat 21:30 larda 1982 yilda tug‘ilgan, ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi shaxs o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinada Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda, o‘zgalar hayotini xavf ostiga solib harakatlangan. U bir necha bor to‘xtash talabiga bo‘ysunmagani uchun qurol ishlatilgan.
“Qo‘lga olganimizga qaramasdan oldi-orqa qilib, siqib, qochmoqchi bo‘lgan paytda tepaga qaratib bir marta, undan so‘ng eshitmasdan harakatlangani sababli to‘xtatish maqsadida baloniga qaratib yana bir marta o‘q uzdim”, deydi IIO xodimi.
Hadovchining o‘zi ham holatga izoh berib, nima uchun bunday qilganini bilmasligini aytdi.
“Bilmayman nima bo‘ldi. Eslay olmayman, to‘g‘risi. Miyam o‘chib qoldi, menimcha. Bilmayman nima uchun unaqa qilganimni”, deydi haydovchi.
Bildirilishicha, ushbu shaxs shahar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 35 yoshli piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28