Misrdagi YTHda qatarlik uch diplomat halok bo‘ldi
Olam
−
12 Oktabr 5851 2 daqiqa
Misrning Sharm-al-Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida G‘azodagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan Qatar delegatsiyasining uch nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda “El Fagr” gazetasi xabar berdi.
Ular Qatar Bosh vaziriga hamrohlik qilayotgan edi. “Associated Press” xabariga ko‘ra, diplomatlar Qatar protokol guruhidan bo‘lgan. Ularning ismi Abdulloh ibn G‘anim Al-Xayarin, Hasan Al-Jobir va Saud bin Tamer Al-Tan edi. Yana uch kishi jarohat olib, Sharm-al-Shayx xalqaro shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Misrlik jurnalist Amr Adib ham "MBC Egypt" telekanalidagi “Al-Xekaya” dasturida voqea Sharm al-Shayxdan 50 km uzoqlikda sodir bo‘lganini xabar qildi.
Favqulodda vaziyat Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha keskin muzokaralar fonida rezonansli voqea bo‘ldi, bunda Qatar tomoni an’anaviy tarzda vositachi sifatida faol ishtirok etadi.
Qatar Misr va AQSH bilan birgalikda oktyabr oyi boshida muzokaralarni boshlagan. Doha HAMAS guruhining AQSH Prezidenti Donald Tramp rejasiga rozi bo‘lish qarorini olqishladi.
Bu, jumladan, barcha harbiy operatsiyalarni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini “garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun kelishilgan chiziqqa” olib chiqishni o‘z ichiga oladi.
10 oktyabrga o‘tar kechasi AQSH vositachiligida Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi. O‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv 9 oktyabr kuni Misrning Sharm al-Shayx shahrida imzolangan edi.
Live
Barchasi