Mirziyoyev YeXHT missiyasi rahbari bilan saylovni muhokama qildi
Jamiyat
−
03 iyul 2023
5814Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi va bo‘lajak prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qildi.
Davlat rahbari YeXHT bilan konstruktiv muloqot, faol almashinuvlar, ochiq va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.
Uchrashuvda umumxalq ovoz berish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazishning turli jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.
Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan O‘zbekiston Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgani ta’kidlangan.
Aytish joizki, YeXHT DIIHB missiyasi joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Konstitutsiya bo‘yicha referendumni kuzatishda ham qatnashgan.
LiveBarchasi