Mirziyoyev O‘rta koridorni “Xitoy – O‘zbekiston” temir yo‘li bilan bog‘lashni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘rta koridorni “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bilan bog‘lashni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 15 may kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida so‘z ochdi.

O‘zbekiston yetakchisiga ko‘ra, transport bog‘liqligini yaxshilash uchun raqamli logistika platformalarini yaratish va integratsiya qilish dolzarb ahamiyatga ega.

“Shu o‘rinda O‘zbekiston va tashkilotga a’zo barcha davlatlar o‘rtasida “E-Permit” elektron ruxsatnomalar tizimi to‘liq ishga tushirilganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. O‘rta koridorning strategik rolidan kelib chiqib, biz uni ayni paytda qurilayotgan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bilan bog‘lashga katta e’tibor qaratamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisiga ko‘ra, chegaralarda bojxona va tranzit tartib-taomillarini yengillashtirish bo‘yicha imzolangan Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi haqidagi bitimni hayotga tatbiq etish hamda ma’lumotlar almashuvini to‘liq raqamlashtirish zarur.

“Bu logistika zanjirlari bo‘ylab ma’lumotlar uzatish, yuklarni kuzatish va jarayonlarni uyg‘un holda tashkil etish imkonini beradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev kiberxavfsizlik va raqamli infratuzilmani himoya qilish bo‘yicha Turkiy alyans tuzishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev sammit Turkiy davlatlar tashkiloti O'rta koridor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing