Mirziyoyev Misrga yetib bordi
Jamiyat
−
20 fevral 2023 9780 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misr poytaxti Qohira shahriga keldi. Davlat rahbarini Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon tashrifi munosabati bilan Misr poytaxtining xalqaro aeroportida ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.


Bugun O‘zbekiston rahbari ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Tashrifning asosiy tadbirlari va oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Live
Barchasi