Mirziyoyev ertaga Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2022 15411 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 7 oktyabr kuni Rossiyaga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tadbir kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari so‘nggi bor Rossiyaga o‘tgan yilning 28 dekabr kuni MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun borgan edi. Rossiya yetakchisi esa shu yilning 15-16 sentyabr kunlari SHHT sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr