Mirziyoyev barcha rahbarlarni qat’iy ogohlantirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish doimo diqqat markazida bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u  bugun, 5 mart kuni o‘zining raisligida o‘tayotgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda sudlar mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha katta islohotlar amalga oshirilgan. Lekin sudyalarni majlisga chaqirish, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari ham uchrab turibdi. 

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti kelgani aytildi north_east

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti kelgani aytildi

Shuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga ta’sir o‘tkazishga urinishlar hali-hanuz davom etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

“Barcha rahbarlarni qat’iy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanadi. Bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘ladi”, dedi Prezident.

Odil sudlovni amalga oshirishda advokatlar o‘rni juda muhim. Bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsata olishlari uchun imkoniyat yaratish kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.

Bundan tashqari, hozirgi texnologiyalar davrida korrupsiyaning yangi, raqamli ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Shu bois yangi o‘quv yilidan Ichki ishlar va Huquqni muhofaza qilish akademiyalarida bu yo‘nalishda mutaxassis tayyorlash boshlanadi.

Lekin bunday turdagi jinoyatlarni aniqlash va oldini olishda faqatgina zamonaviy kadrlarni o‘zi yetarli emasligi qayd etildi. Xalqaro tajribani o‘rganib, kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi – Mirziyoyev north_east

Qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi – Mirziyoyev

Mansabdorlik va maishiy korrupsiya omillarini tahlil qilish, ularni oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, hozirda qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘qligiga e’tibor qaratildi. Parlament tasdiqlagan qonunda asosan jazoni kuchaytirishni o‘zi bilan cheklanib qolingani, korrupsiyani oldini olish, odamlarimizni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni  rag‘batlantirish kabi masalalar aks etmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun Prezident bu qonunni qayta ishlash uchun qaytarishini aytdi.

Shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni ham xalqaro standartlarga moslashtirish lozimligi qayd etildi. Misol uchun, Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon qonunchiligida davlat xaridlari va yirik biznes loyihalar parametrlarini oldindan sizdirib (insayderlik), daromad olganlik ham jinoiy daromadlarni legallashtirish, deb baholanadi.


Maqola muallifi

Teglar

sud korruptsiya Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing