Mirziyoyev Aliyev bilan gaplashdi
Jamiyat
−
05 aprel
2246O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqilgan. Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni ham Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgandi. Ular bir-birini va ikki mamlakatning birodar xalqlarini bahor ayyomi – Navro‘z bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagandi.
LiveBarchasi