Milliy gvardiya qo‘mondoni Kamondan otish federatsiyasi raisi bo‘ldi
Sport
−
28 mart 4149 1 daqiqa
Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylangan va ustuvor rejalar ko‘rib chiqilgan.
Tadbirda delegatlar tomonidan federatsiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Hamidovich Toshmatov nomzodi ilgari surilgan. Nomzod bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan va Bahodir Toshmatov mamlakat kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylangan.
Konferensiya davomida ushbu sport turini mamlakatda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, sportchilarni joriy yil kutib turgan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlashga doir istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Aralash jangovar san’atlar (MMA) assotsiatsiyasining raisi etib saylangandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust