Milliy eksport strategiyasi ishlab chiqiladi, O‘zbekiston eksportyorlar assambleyasi tuziladi

Jamiyat

image

Biroz avval, bugun, 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmlarini oshirish borasidagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
 
Yig‘ilishda Prezident eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qilish, eksportda xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar ulushini kamida 60 foizga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan Milliy eksport strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
 
Mazkur strategiya eksportyorlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, “Doing Business” reytingida “tashqi savdo” ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori 50 ta mamlakat qatoriga kiritish masalalarini qamrab oladi. Xorij tajbirasidan kelib chiqib, eksport qiluvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston eksportyorlar assambleyasi tashkil etiladi.
 
Videoselektorda eksportni ko‘paytirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, bu boradagi ishlarni jonlantirish masalalari muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Eksport

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing