“Milan” “Man Siti” futbolchisini to‘liq sotib olmoqchi

Sport

−

image

Huquqlari “Manchester Siti”ga tegishli bo‘lgan “Milan” himoyachisi Kayl Uoker ijara muddati tugaganidan keyin “Milan” klubida qolishi mumkin. Bu haqda futbol insayder Nikola Skira X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli ingliz futbolchisi “Milan”dagi muhitdan mamnun bo‘lgan, “rossonerilar” ham uning transferini “Siti”dan sotib olishga tayyor.

Qayd etilishicha, ijara shartnomasi futbolchini 5 million yevroga sotib olish variantini o‘z ichiga oladi, ammo “Milan” “shaharliklar”dan kichik chegirma so‘rashi mumkin.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Uoker hozircha “Milan”da 3 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. U joriy mavsum “Siti”dagi faoliyatini ham hisobga olganda klub miqyosida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 10 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing