“Milan” 16 yillik omadsiz seriyasiga barham berdi
Sport
−
19 aprel 2023 4450 1 daqiqa
“Milan” klubi Yevropa Chempionlar 1/4 finalida “Napoli”ni umumiy 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnirning yarim finaliga yo‘l oldi.
Birinchi o‘yin Milanda bo‘lib o‘tgan va mezbonlarning minimal g‘alabasi bilan yakunlangan (1:0). Neapolda o‘tkazilgan javob o‘yinida durang qayd etildi - 1:1.
“Rossonerilar” 2006/2007 yilgi mavsumdan buyon birinchi marta Yevropaning eng nufuzli turniri kuchli to‘rtligiga kirdi. O‘shanda jamoa musobaqa finaliga chiqib, “Liverpul”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
“Milan”ning yarim finaldagi raqibi “Benfika” (Portugaliya) va “Inter” (Italiya) qarama-qarshiligida aniqlanadi. Birinchi uchrashuvda “Inter” mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
1/8 final bosqichida “Milan” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, minimal hisobda Angliyaning “Tottenhem” klubidan kuchliroq bo‘lib chiqdi.