Microsoft Rossiyada litsenziyalarni uzaytirmaydi
Olam
−
11 avgust 2023 4145 1 daqiqa
Microsoft korporatsiyasi 30 sentyabrdan keyin Rossiya kompaniyalarining litsenziyalarni yangilamaydi, bu haqda kompaniya o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Microsoft korporatsiyasi endi Rossiyada bank o‘tkazmasi orqali to‘lovlarni qabul qila olmaydi. Shu munosabat bilan Microsoft 2023 yil 30 sentyabrdan keyin mavjud obunalari muddatini uzaytira olmaydi.
Kompaniya xaridorlarni ushbu yangilikdan xabardor qilish uchun ularga elektron xabarlar jo‘natmoqda.
Unga ko‘ra, litsenziya bo‘yicha barcha faol obunalar belgilangan muddat – sentyabr oyi oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Microsoft kompaniyasini Ukrainaga yordam berishda ayblagandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel