Metroning ayrim yo‘nalishlari bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022 2657 2 daqiqa
Toshkentda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani bois 25 yanvar kuni poytaxt metropolitenining ayrim yo‘nalishlari bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugun 25 yanvar kuni Toshkent metropolitenida elektr energiyaning muddatli o‘chishi munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi MAN RR3 (sayyohlik) rusumli avtobuslar ajratilib, “Buyuk Ipak Yo‘li” va “Olmazor" yo‘nalishi bo‘yicha metropolitenning barcha stansiyalarida to‘xtab o‘tish asosida yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatiladi”, deyiladi xabarda.
“Konets sveta”
Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi.
Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida elektr ta’minioti tiklandi.
Live
Barchasi