Messi “Inter Mayami”ning eng yaxshi 3-to‘purariga aylandi
Sport
−
12 avgust 2023 2373 1 daqiqa
Argentinalik hujumchi Lionel Messi “Inter Mayami” klubining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari uchligiga kirdi. Bu haqda Championat.com xabar berdi.
“Leagues Cup” musobaqasining 1/4 final o‘yinida “Inter Mayami” va “Sharlott” to‘qnash keldi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi yakunlandi. Bahsda argentinalik hujumchi Lionel Messi ham gol urdi. Shunday qilib, jahon chempioni Amerika klubi safida 5 ta o‘yinda 8 ta gol muallifiga aylandi.
“Sharlott” darvozasiga kiritilgan gol Messiga Robert Teylor bilan tenglashib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. “Inter Mayami”ning eng yaxshi to‘purari argentinalik boshqa bir hujumchi Gonsalo Iguain hisoblanadi. Uning hisobida 29 ta gol mavjud. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinni Leonardo Kampana (16 gol) egallab turibdi.
Eslatib ўtaмиз, Messi Liga kubogi 1/16 finali doirasidagi “Orlando”ga qarshi o‘yinida (3:1) futbolchi dubl qayd etib, klub tarixiga kirgandi. O‘sha o‘yindagi 2 ta goli bilan Messi – “Inter Mayami” tarixida ketma-ket ikki o‘yinda bittadan ko‘p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.