Meksikada birvarakay 700 ta avtomobil yonib ketdi (video)
Olam
−
09:43 4528 1 daqiqa
Meksikaning Akapulko shahridagi jarima maydonchasida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida taxminan 700 ta avtomobil butunlay yonib ketdi. Mashinalarning yonib kulga aylanayotgani ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda keng tarqaldi.
Videolarda o‘nlab mashinalardan faqat kuyib qolgan karkaslar qolgani ko‘rinadi. Yong‘in vaqtida osmonda juda katta tutun uyumi ko‘tarilgan, shu sababli yaqin hududdagi Akapulko – Pinotepa Nasional trassasi vaqtincha yopilgan. Yo‘lda harakat bir necha soatga to‘xtatilgan, chunki haydovchilar uchun ko‘rish imkoniyati keskin yomonlashgan.
Rasmiylarga ko‘ra, hodisa joyiga bir nechta qutqaruv va yong‘in o‘chirish guruhlari yuborilgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Mutaxassislar yong‘in kuchli shamol va quruq o‘simliklar sabab tez tarqalganini, ayrim joylarda yaqin dalalarga ham o‘tganini bildirgan. Hozirgi paytda yong‘inning qariyb 90 foizi nazoratga olingan, uning kelib chiqish sabablari esa hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariyaning g‘arbiy qismidagi kichik shaharchada avtobus yong‘inida kamida 6 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi