Mbappe YeCHL tarixidan joy oldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida “Bryugge” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.

Shu gollardan 3 tasi 20 yoshli Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Mbappe 52-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, 61-, 79-, hamda 83-daqiqalada gol urib, xet-trikka erishdi.

Natijada Mbappe yevrokuboklarda xet-trikka erishgan eng yosh fransiyalik futbolchi bo‘ldi. Bundan tashqari Kilian zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, het-trik qayd etgan YeCHL tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, asli kelib chiqishi kamerunlik bo‘lgan Kilian Mbappe 1998 yilda Fransiyada tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing