Mbappe “Real”ga o‘tishga rozi bo‘ldi – manba
Sport
−
25 yanvar 2024 5923 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Madridning “Real” klubiga o‘tishga qaror qildi. Bu haqda “Football-espana” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi yangi imkoniyatdan foydalanish uchun PSJni tark etishga qaror qildi. Joriy mavsum oxirida Mbappening Parij klubi shartnomasi yakunlanadi.
Endi “Real” futbolchi bilan maosh masalasida kelishib olishi kerak. Hozirda Madrid klubi bu borada sukut saqlamoqda.
Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 180 million yevroni tashkil etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr