Mbappe “Real”ga “Bavariya” futbolchisini sotib olishni maslahat berdi
Sport
−
24 fevral 2523 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi hujumchisi Killian Mbappe klub rahbariyatiga “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Oliseni o‘z jamoasiga transfer qilishni so‘radi. Bu haqda “E-Noticies” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe agar yozgi transfer oynasida Vinisius Junior yoki Rodrigo jamoani tark etsa, klub rahbariyatiga Olise bilan shartnoma imzolashni tavsiya qilgan. Mbappening fikricha, “Real Madrid” hujumkor chiziqda yangilanishga muhtoj va Fransiya terma jamoasidagi sherigi jamoa o‘yin uslubiga mos keladi.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2024 yilda “Kristal Pelas”dan “Bavariya”ga 53 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.