MB raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2022 9383 1 daqiqa
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Nodirbek Narzullayevich Saydullayev tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.
Bunga qadar u 2019 yildan buyon “Asaka bank” boshqaruv raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Nodirbek Saydullayev 1982 yil Jizzaxda tug‘ilgan. U 2003 yilda Toshkent Moliya institutini bakalavriat ta’lim yo‘nalishini, 2006 yilda shu OTMda magistr darajasini olgan. Bank tizimida 2003 yildan beri faoliyat yuritib keladi.
Live
Barchasi