Mayitlarga to‘lgan Turkiya. Qurbonlar 40 mingdan oshdi

Olam

image

Turkiyada sodir bo‘lgan asr falokati – ikki vayronkor zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar 40 642 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezer bugun, 18 fevral kuni Anqarada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlarini ertaga, 19 fevral yakunlash rejalashtirilgan. 

Sezer, yer silkinishidan zarar ko‘rgan viloyatlarning uy-joy fondining 50 foizdan ortig‘i holatini kuzatish yakunlanganini aytdi. 

AFAD rahbarining ta’kidlashicha, faqat o‘zi boshqargan bo‘lim orqali 430 mingdan ortiq odam ofat zonasidan evakuatsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing