Masjid ochishga ruxsatnoma uchun qariyb 70 mln so‘m olgan firibgar ushlandi
Jamiyat
−
11 noyabr 2019
6958Farg‘onada masjidning ochilishi uchun ruxsatnoma olib berishni va ichki ishlar organiga ishga kiritib qo‘yishni va’da berib, katta miqdorda pul olgan fuqaro qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro Dilshod R. fuqaro Alisher R.ga hashar yo‘li bilan obod etilgan “Ko‘k to‘nli ota” nomli masjidni ochilishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 4500 AQSH dollari (rasm kursda 42 mln 700 ming so‘m) va 27 mln so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Yana bir holatda fuqaro Dilshod R. fuqaro Maqsud.T.ning farzandini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSH dollarini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan, fuqaro Dilshod R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi