Mast onasi tomonidan kaltaklangan qizchaning ahvoli ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mast ayol o‘z qizini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani qizcha hozir qayerda ekani va uning ayni damdagi holati haqida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 23 noyabr kuni Bolalar ombudsmani qizchaning holidan xabar olish uchun Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga borgan. Unga ko‘ra, qizaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda va markazda u uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. 

“Kechagina onasining zo‘ravonligidan aziyat chekkan qizchamizni markazda boshqa bolalar davrasida ko‘rib, hozirda uning emotsional holati, kayfiyati yaxshi ekanligiga ishonch hosil qildik. Nihoyatda ochiqko‘ngil, xushchaqchaq bolajon. Bundan buyon qizchaning bolaligi xavfsiz va sog‘lom muhitda kechishi uchun zarur bo‘lgan barcha sa’y-harakatlar qilinadi”, deydi Bolalar ombudsmani.

Eslatib o‘tamiz, hozirda ushbu qizchani mast holida haqoratlab, kaltaklagan onasi V.A.ni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mast ayol Bolalar ombudsmani qizcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing