Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foiz darajasida – o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Markaziy bank boshqaruvining bugun, 11 dekabrdagi yig‘ilishi yakunlari:

  • Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan.
  • Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik – 7,5 foiz, bazaviy inflyatsiya – 6,3 foiz.
  • 2025 yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3 foizga pasaytirilgan.
  • 2026 yil inflyatsiya prognozi 6,5 foiz atrofida.
  • Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5 foiz kutilmoqda.
  • Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi).

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda.

Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin.

Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026 yil 28 yanvar kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foiz darajasida – o‘zgarishsiz qoldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank asosiy stavka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing