Marhum Lindsi Gremning singlisi Senatga nomzod bo‘ldi

Olam

image
Darlin Grem Janubiy Karolinada AQSH Senati uchun Respublikachilar partiyasining dastlabki saylovida g‘alaba qozondi. Shu tariqa u joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda Senatdagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 62 yoshli Grem marhum senator Lindsi Gremning singlisi. U akasi vafot etganidan so‘ng Senatdagi o‘rnini kelasi yil yanvar oyining boshigacha egallash uchun tayinlangan.

Grem Respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun AQSH Vakillar palatasi a’zosi Ralf Normanni mag‘lub etgan. Endi u 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovda Demokratlar partiyasi nomzodi, pediatr Enni Endryus bilan raqobatlashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Darlin Grem nomzodini AQSH Prezidenti Donald Tramp qo‘llab-quvvatlagan. Trampni qo‘llab-quvvatlovchi MAGA INC. siyosiy qo‘mitasi Gremning saylov kampaniyasi uchun 827 ming 711 dollar sarflagan.

Janubiy Karolina an’anaviy ravishda respublikachilarni qo‘llab-quvvatlaydigan shtat hisoblanadi. Shu sababli Gremning noyabrdagi saylovda g‘alaba qozonishi kutilmoqda.

Mazkur dastlabki saylov Trampning bu yilgi oraliq saylovlarda respublikachilar saylovchilariga ta’sirini ko‘rsatuvchi sinovlardan biri bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Darlin Grem 62 yoshda bo‘lib, marhum senator Lindsi Gremning singlisi hisoblanadi. U ilgari davlat lavozimlarida ishlamagan va jismoniy nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni amerikalik senator Lindsi Grem 71 yoshida vafot etgan edi. https://qalampir.uz/news/lindsi-gr-em-kutilmagan-kasallikdan-vafot-etdi-139412 Akasi vafot etganidan so‘ng Darlin Grem Senatdagi uning o‘rnini 2027 yil yanvar oyi boshigacha egallash uchun tayinlangandi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing