Malayziyada yarim yildan ko‘p muddatga favqulodda rejim joriy etildi
Olam
−
12 yanvar 2021
3485Malayziya qiroli sulton Abdulla koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda joriy yilning 1 avgustigacha favqulodda rejim joriy etishni ma’qulladi. Bu haqda Osiyo ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berilgan.
Qayd etilishicha, mamlakat Bosh vaziri Muhiddin Yassin qirolga tegishli iltimos bilan murojaat qilgan.
Favqulodda rejimning joriy etilishi Bosh vazir va vazirlar mahkamasi vakolatlarini kuchaytiradi, xususan, ular mustaqil ravishda qonunlar qabul qilishi va parlament faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, Malayziya poytaxti va yana besh shtatda ertaga, 13 yanvardan boshlab COVID-19 tarqalishiga qarshi qattiq cheklovlar joriy etiladi.
Yuqoridagi hududlarda kamida ikki hafta davomida do‘konlar mijozlarga xizmat ko‘rsatmaydi, mamlakat hududlari o‘rtasida harakatlanish taqiqlanadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Malayziyada koronavirusga chalinganlar soni 138 mingdan oshgan. 555 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi