Malayziyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytariladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyada deportatsiya markazida saqlanayotgan va murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar shaxs O‘zbekistonga qaytariladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik ko‘magi mamlakatda e’lon qilingan – joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha bo‘lib o‘tayotgan “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida amalga oshirilgan.

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda deportatsiya markazidagi Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.Yu.ni tez kunlarda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

O‘zbekiston fuqarosining pasporti yo‘qligi sababli unga elchixona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan va uning yaqinlari ko‘magida “Kuala-Lumpur – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviareysga aviachipta xarid qilingan.

Shuningdek, “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketgan Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro J.M.ga ham ko‘mak berilgan. Diplomatik vakolatxona J.M.ga Malayziya IIV Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatgan. Ular tez kunlarda O‘zbekistonga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyaning Irkutsk shahrida tang ahvolda qolgan ona va uning voyaga yetmagan farzandining O‘zbekistonga yetib olishiga amaliy yordam ko‘rsatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Malayziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing