Malayziyada 2 harbiy vertolyot to‘qnashdi. Tirik qolganlar yo‘q (video)

Olam

−

image

Malayziyada o‘quv parvozi chog‘ida ikkita vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat O‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Malayziya Harbiy-dengiz kuchlarining ikkita vertolyoti qirollik dengiz floti paradiga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda havoda to‘qnashib ketgan.

BBC xabariga ko‘ra, ekipajning 10 a’zosi halok bo‘lgan, tirik qolganlar yo‘q. Hodisa Malayziyaning harbiy-dengiz bazasi joylashgan Lumut shahrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bitta vertolyot yugurish yo‘lakchasiga, ikkinchisi yaqin atrofdagi basseynga qulagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Magadan viloyatida Mi-8 vertolyoti halokatga uchragandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing