Yana ayol kishi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bo‘ldi
Jamiyat
−
31 iyul 16182 2 daqiqa
E’zozxon G‘opirjonovna Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tasdiqlangan. Shu tariqa E’zozxon Karimova O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichida ta’lim tizimida rahbarlik lavozimini egallagan 5-shaxs bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, E’zozxon Karimova 1973 yili Namangan viloyati Namangan tumanida tug‘ilgan. 1990-1996 yillarda Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. 2021 yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida bo‘lim boshlig‘i, so‘ng Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi bo‘lgan. 2023-2024 yillarda “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor sifatida faoliyat yuritgan. Joriy yil may oyida esa Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.
Bungacha ushbu vazirlik tizimida rahbarlik qilganlar: 2013-2018 yillarda Ulug‘bek Inoyatov, 2018-2021 yillarda Sherzod Shermatov, 2021-2022 yillarda Baxtiyor Saidov, 2022-2025 yillarda Hilola Umarova.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda Xalq ta’limi vazirligi 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u 2023 yil 1 yanvardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga aylantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatida ishlayotgan Hilola Umarova egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr