Makgregor jarohat sabab bir yilga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11:38 554 1 daqiqa
UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Maks Xolloueyga qarshi jangda olgan og‘ir jarohati tufayli kamida bir yil oktagonga qayta olmaydi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Makgregor bir yilga safdan chiqdi”, deydi Dana Uayt.
Avvalroq, Las-Vegasda o‘tgan UFC turnirida Makgregor Maks Xolloueyga mag‘lub bo‘lgan edi. Irlandiyalik jangchi jangning dastlabki soniyalarida tizzasidan jarohat oldi va 65-soniyada texnik nokaut orqali mag‘lubiyatga uchradi.
Jangdan so‘ng, Dana Uayt Makgregorning oldingi krestsimon boylami (ACL) shikastlanganini ma’lum qildi. Sportchining o‘zi esa ijtimoiy tarmoqlarda jarorrohlik amaliyoti o‘tkazilishini tasdiqladi.
37 yoshli Makgregor aralash yakkakurashlar (MMA)da 22 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U avval UFC’ning yarim yengil va yengil vazn toifalarida chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2024 yilning iyun oyida amerikalik Maykl Chendlerga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq u mashg‘ulot paytida oyoq barmog‘ini sindirib olgani sababli bellashuv bekor qilingan. Shuningdek, 2021 yil iyul oyida Dastin Porega qarshi jangda ham irlandiyalik sportchining oyog‘i singan edi.
Live
Barchasi