Maqsadim gollarim sonini 1000 taga yetkazish – Ronaldu

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlamasdan oldin erishmoqchi bo‘lgan maqsadi haqida gapirdi. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar berdi.

“Mening asosiy maqsadim gollarim sonini 1000 taga yetkazish. Shubha qilganlarga isbotlab bera olaman, chunki barcha gollarim video orqali tasdiqlanadi”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damga kelib, Krishtianu faoliyati davomidagi gollari soni 924 taga yetgan. Shundan 789 tasi klublar miqyosida, 135 tasi Portugaliya termasi safida. Joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 40 yoshli futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 12 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSHda Ronalduning haykali ochilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr Portugaliya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing