Magistraturaga kirishda ayrim normalar bekor qilindi
Jamiyat
−
13 may 2019 6475 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2019-2020 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirishda ba’zi talablar bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Qonunchilikdagi yangiliklar” birinfing va matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:
- magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
- “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.
Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball bo‘lganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL bo‘yicha kamida 58 va IELTS bo‘yicha kamida 5 ball bo‘lishi kerak edi.
O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15 yanvardan 25 yanvargacha davom etadi. Ilgari 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar edi.
Live
Barchasi