Madrimov-Sorro trilogiyasi bo‘lmaydi
Sport
−
21 yanvar 2023 8005 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov fransiyalik 35 yoshli bokchi Mishel Sorroga qarshi uchinchi jang bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Madrimov QALAMPIR.UZ saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Menimcha, Sorroga qarshi uchinchi jang bo‘lmaydi. Men WBA kamari uchun asosiy da’vogarman, shuning uchun endi boshqa bokschilar bilan jang o‘tkazishim mumkin. Trilogiya katta ehtimol bilan bo‘lmaydi” deydi Madrimov.
27 yoshli Isroil Madrimov profboksda jami 7 ta jang o‘tkazib, bahslarning barchasida g‘alaba qozongan. Isroil 7 ta to‘qnashuvning 5 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov havaskor boksda Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchi 2018 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritmoqda.
Live
Barchasi