Madyar Vengriya Bosh vaziri lavozimini qachon egallashi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Madyar joriy yilning 9 may kuni Vengriya Bosh vaziri lavozimi uchun qasamyod qiladi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“9 may kuni, Bosh vazirining rasmiy qasamyod qilish marosimidan so‘ng, biz Budapeshtdagi Koshut maydonida, parlament binosi yonida siyosiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazamiz”, deb yozdi Madyar.

Eslatib o‘tamiz, “Tisa” partiyasi 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida parlamentdagi 199 ta o‘rindan 141 tasini qo‘lga kiritib, g‘alaba qozongandi. Bu esa unga uchdan ikki qismlik konstitutsiyaviy ko‘pchilik ovozini bergan. Viktor Orban o‘z mag‘lubiyatini tan oldi va 16 yillik boshqaruvdan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi.

21 aprel kuni Peter Madyar mamlakat Prezidenti Tamash Shuyok va avvalgi hukumat davrida tayinlangan boshqa oliy mansabdor shaxslarga ultimatum qo‘ydi. Agar ular 31 mayga qadar o‘z lavozimlarini ixtiyoriy ravishda tark etmasa, majburiy tartibda chetlashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya Peter Mad'yar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing