Luvrning qimmatbaho buyumlari muzeydan ko‘chirildi

Olam

image
Fransiyada Luvrdagi talonchilikdan bir necha soat o‘tib, yana bir muzey o‘g‘irlandi north_east

Fransiyada Luvrdagi talonchilikdan bir necha soat o‘tib, yana bir muzey o‘g‘irlandi

Parijdagi Luvr muzeyining ayrim qimmatbaho taqinchoqlari o‘g‘rilikdan so‘ng Fransiya Markaziy banki binosiga xavfsizlik maqsadida topshirildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, RTL radiosi xabar berdi.

“Juma kuni ertalab to‘liq maxfiylik va eng yuqori darajadagi xavfsizlik sharoitida ko‘chirish amalga oshirildi. Luvrning ayrim zargarlik buyumlari Parij politsiya prefekturasining motorli korteji hamrohligida dunyodagi eng yirik muzey vitrinalaridan Fransiya Markaziy banki omborlariga qadar bo‘lgan 300 metr masofani bosib o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Radiostansiya ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror muzeydagi xavfsizlik holati baholanayotgan davr mobaynida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Topshirilgan buyumlar orasida Apollon galereyasida namoyish etilgan fransuz monarxlariga tegishli taqinchoqlar hamda muzeyning boshqa zallaridagi buyumlar ham borligi aytilmoqda. Biroq radiostansiya aynan qaysi buyumlar topshirilgani haqida aniq ro‘yxatga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 oktyabr kuni o‘g‘rilar Luvrga kirib, to‘qqizta zargarlik buyumini – qirollar va imperatorning ayollariga tegishli tojlar, sirg‘alar, marjonlar hamda broslarni o‘g‘irlab ketgan edi. O‘g‘rilikdan yetkazilgan zarar 88 million yevroga baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Luvr muzeyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing