Lula Putinni Istanbulga borishga ko‘ndirmoqchi

Olam

image
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi – Kallas north_east

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi – Kallas

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Istanbulda Ukraina bilan rejalashtirilgan tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga shaxsan ko‘ndirish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 14 may kuni Pekinda jurnalistlarga ma’lum qildi.

Lula da Silva Xitoydan Braziliyaga qaytayotganda Moskvada to‘xtaydi va Putin bilan “suhbatlashishga harakat qiladi”.

“Hoy, o‘rtoq Putin, Istanbulga borib, muzokaralar olib bor, deb ayta olaman”, dedi Braziliya yetakchisi.

Braziliya rahbari Pekinda Lotin Amerikasi davlatlari vakillarining Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida ishtirok etdi. Lula da Silva va Si Szinpin qo‘shma bayonotida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar Ukrainadagi urushni tugatishning “yagona yo‘li” ekanini ta’kidladi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Lula da Silva o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalarni izohlar ekan, “bu haqda hozircha hech narsa deya olmasligi”ni bildirdi.

“Agar aloqalar har qanday shaklda kelishilgan bo‘lsa, biz sizni darhol xabardor qilamiz”, dedi bugun Kreml vakili.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Braziliyadan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashni hamda 15 may kuni Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuvni tashkil etishga ko‘maklashishni so‘ragan.

“Prezident Zelenskiy Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqladi va Braziliyani ushbu to‘g‘ridan to‘g‘ri sammit bo‘lib o‘tishini ta’minlash uchun Rossiya bilan muloqotda o‘zining nufuzli ovozidan foydalanishga chaqirdi, deb yozdi Sibiga 13 may kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.

Putin Zelenskiyning Istanbulda shaxsiy uchrashuv o‘tkazish taklifiga hozircha javob qaytarmadi – garchi bu shaharda 2022 yilda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari g‘oyasi Rossiya tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa ham.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Braziliya Luis Inasiu Lula da Silva Istanbul sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing