Lola Murodova vafot etdi
Jamiyat
−
30 may 2022 58491 1 daqiqa
O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova vafot etdi.
Lola Ne’matovna Murodova 1958 yil Oltiariq tumanida tug‘ilgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni (2004 y.), “El-yurt hurmati” ordeni (2013 y.), “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni (2017 y.), “O‘zbekiston Qahramoni” va “Qizil yulduz” ordeni (2019 y.) Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
QALAMPIR.UZ tahririyati jamoasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova qattiq betob bo‘lib qolgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unga tezda shifo topishni tilagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr