“Liverpul” mag‘lub bo‘ldi, ammo ijobiy jihatlar ham yo‘q emas

Sport

image

10 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Superkuboki (Community Shield) finalida "Kristall Pelas" penaltilar seriyasida "Liverpul" ustidan g‘alaba qozondi. Natija mersisaydliklar uchun mag‘lubiyat bo‘lsa-da, uchrashuvning ijobiy tomonlari ham bo‘ldi, deya yozmoqda BBC sport nashri.

Yangi transferlar – Ugo Ekitike va Jeremi Frimpong ilk marta hisob varaqlariga kiritildi. Florian Verts va Milosh Kerkez ham birinchi bor asosiy tarkibda o‘yinga tushib, jamoaga tezda moslasha boshlaganini ko‘rsatdi. Ularning to‘rtovloning ham bu uchrashuvi klub safidagi ilk rasmiy o‘yini bo‘ldi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hali yangi tarkibga moslashish jarayonida ekanini ta’kidladi:

"Agar raqib ikkita penaltini o‘tkazib yuborsa va siz baribir penaltilar seriyasida yutqazsangiz, bu, albatta, yordam bermaydi. Ammo umumiy o‘yinda biz ikki marta hisobda oldinda edik va nazorat bizning qo‘limizda edi. Muhammad Saloh ham g‘alaba keltirishi mumkin bo‘lgan katta imkoniyatga ega bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, 2:2 hisobida yakun topgach, penaltilar seriyasiga chiqishimiz – ehtimol biz uchun kichik bir omad edi."

Shu tariqa, mag‘lubiyatga qaramay, "Liverpul" yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi va jamoaning yangi ko‘rinishi asta-sekin shakllanayotganini namoyish etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Liverpul shu yozning o‘zida allaqachon 315 million sarflagan. Eng qimmat transfer qilgan o‘yinchisi Florian Verts bo‘lib u uchun 150 million sarf qilgan. Bu APL rekordi hisoblanadi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Liverpul” Arne Slot Angliya Superkuboki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing