“Liverpul” Barkola uchun qancha taklif tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Pari Sen-Jermen” qanot hujumchisi Bredli Barkola uchun 115 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir necha kun davom etgan muzokaralardan so‘ng Angliya klubi fransuz futbolchisi uchun aniq taklif bilan chiqishga qaror qilgan.

Biroq PSJ ushbu taklifni rad etishi kutilmoqda. Parijliklar Barkolani taxminan 150 million yevroga baholamoqda. 

Avvalroq, OAVda 23 yoshli futbolchining o‘zi “Liverpul”ga o‘tish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Barkola PSJ safida barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing