Levandovski Ronaldu va Messining natijasini takrorladi
Sport
−
20 Sentyabr 2023 3957 1 daqiqa
Polshalik futbolchi Robert Levandovski yevrokuboklarda yuzta gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining “Antverpen”ga qarshi o‘yinida “Barselona” forvardi o‘zining yevrokuboklardagi 100-golini urdi. Levandovskining Yevropa Chempionlar ligasida 92 ta, Yevropa ligasida 8 ta gol urgan. Bu natija uchun unga 139 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Levandovski yevrokuboklarda “Lex” safida 16 o‘yinda 6 ta, Dortmundning “Borussiya”sida 36 ta o‘yinda 18 ta, “Bavariya” safida 79 ta o‘yinda 69 ta va “Barselona”da esa 8 ta o‘yinda 7 ta gol urgan.
Levandovskigacha yevrokuboklarda faqat Lionel Messi (129 gol) va Krishtianu Ronaldu (145 gol) 100 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr
16 Noyabr
Iordaniyada Telegram bloklandi
16 Noyabr