Lapid-Bennet koalitsiyasi Netanyaxuni “tamom qilishi” mumkin. Isroil siyosatini nima kutmoqda?
Olam
−
01 iyun 2021
8270So‘nggi 12 yil davomida doimiy ravishda Isroil Bosh vaziri bo‘lib kelgan Benyamin Netanyaxu lavozimidan mahrum bo‘lish xavfi ostida. “Yamina” partiyasi rahbari, o‘ta o‘ngchilar tomonidan tanilgan Naftali Bennet Netanyaxuga qarshi blokka qo‘shilib, hukumat tuzadigan bo‘lsa, xuddi shunday ssenariy bo‘lishi ham mumkin.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, agar Bennet va “Yesh Atid” partiyasi asoschisi Yair Lapid bir-birini hukumat boshlig‘i sifatida almashtiradigan koalitsion hukumat tuzilsa, 71 yoshli Netanyaxu Bosh vazir kursisi bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.
Mutaxassislar Netanyaxu hozirgi mavqei bilan xayrlashsa, uning siyosiy faoliyati qanday rivojlanishi haqida turli fikrlarni bildirmoqda.
Isroillik ekspert Ismet Mansurning ta’kidlashicha, Lapid va Bennetlar hukumat tuza oladimi yoki Bennet oxir-oqibat Netanyaxuga moyil bo‘ladimi, yo‘qmi taxmin qilish hali ham qiyin.
“Isroilda siyosat har soniyada o‘zgarib turadi. Biroq, Lapid va Bennet koalitsion hukumat tuzish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tgan, deb o‘ylayman. Bu Netanyaxuning siyosiy karerasini oxiriga yaqinlashtiradi”, deydi ekspert.
Falastinlik jurnalist Xaldun Al-Bergusi, o‘z navbatida, Isroil Netanyaxuga ishonmasligini ta’kidladi.
Bergusining fikricha, Falastin qarshilik guruhlari Isroildagi bir qator muhim nishonlarga hujum qilganidan keyin Isroil hukumati rahbariga bo‘lgan ishonch yo‘qolgan.
“Shuningdek, bu holat yahudiylar va falastinliklar o‘rtasidagi Quddus va 1948 yildagi to‘qnashuvlar ta’sir ko‘rsatdi”, deydi u.
Isroil yozuvchisi Naxum Barneaning so‘zlariga ko‘ra, Bosh vazir lavozimidan mahrum bo‘lmaslik uchun Netanyaxu isroilliklarni “chaplar va ularning tarafdorlari xoinlar” deb ishontirishga harakat qilmoqda.
“Netanyaxu Bosh vazir lavozimini saqlab qolishga harakat qilmoqda, chap tomon bilan hamkorlik qiladigan o‘ngdagi har bir kishi xoin degan tezisni savdolashuv vositasi sifatida ishlatmoqda”, deydi Barnea.
Ekspertning fikriga ko‘ra, Netanyaxu Bennetning chap qanot partiyalar bilan koalitsiya hukumatida ishtirok etishini o‘ng tomon xiyonat deb bilishini juda yaxshi angalydi va shuning uchun bundan foydalanishga harakat qilmoqda.